Toşkent viloyatining Ohangaron va Yangiyöl tumanlari hamda Angren şahriga yangi hokimlar tayinlandi.

21 iyul kuni prezident taşrifidan keyin işdan olingan Ohangaron tumani va Angren şahri hokimlari örniga yangilari tayinlangan.

Endilikda Ohangaron tumaniga Rustam Ubaydullayev örnida Öktam Tursunov rahbarlik qiladi.

Angren şahriga esa prezident tomonidan lavozimdan olingan Ibrohim Rahmonov örniga Hakimjon Mamasodiqoviç Abdulazizov yangi hokim etib tayinlandi. Abdulazizov şu kungaça Respublika FVV tizimida işlagan.

Abduqahhor Abdusattaroviç Töxtaboyev esa Yangiyöl tumaniga yangi hokim etib tayinlangan. Bu tumanga ötgan yil avgustida Toşkent viloyati hokimligidan ketgan Sodiq Abdullayev rahbar etib tayinlangan, biroz avvalroq u bu lavozimdan ham ketgandi.

Töxtaboyev prokuratura sohasida faoliyat yuritgan, 2012-2015 yillarda Mirzo Uluğbek tumani prokurori, 2015-2017 yillarda Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajaruvçisi sifatida işlagan.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyevning «Toşkent viloyatining ma'muriy-hududiy tuzilişini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra, Yangiyöl va Ohangaron yana viloyat böysunuvidagi şaharlarga aylantiriladi. Yetti yil avval ular tuman böysunuviga ötkazilgan edi.