Özbekiston Respublikasining investitsiyalar böyiça Davlat qömitasi va «Simens» kompaniyasi anglaşuv memorandumini imzoladi. Bu haqda Germaniya kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilgan.
Hujjat Berlindagi nemis-özbek biznes-forumi doirasida imzolandi. Tadbirda investitsiyalar böyiça Qömita raisi Azim Ahmadxöjayev va «Simens»ning Özbekistondagi direktori Iskandar Böronov iştirok etgan.
Tomonlar hujjat doirasida eneretika, sanoat, transport infratuzilmasining modernizatsiyasi, binolar xavfsizligi va avtomatlaştirilişi, işlab çiqarişda raqamli tizimni joriy etiş kabi yönalişlar böyiça strategik şeriklikni örnatiş niyatida.
Hujjatga köra, Özbekiston energetikasining rivojlaniş ssenariylarini tayyorlab boriş rejalaştirmoqda. Bunda innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, iş örinlarini yaratiş, mahsulotlarni mahalliylaştiriş va eksportga asosiy urğu beriladi.
Şuningdek, tomonlar yoş muhandislar va ixtisoslaştirilgan öquv muassasalari bitiruvçilariga «Simens» kompaniyasi energetik qurilmalarida işlaşga oid kompleks dastur böyiça ta'lim beriş imkoniyatlarini körib çiqadi.
Sanoatni raqamlaştiriş sohasida Özbekiston korxonalarida «raqamli işlab çiqariş» konsepsiyasiga javob beruvçi zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş imkoniyati örganib çiqiladi.
Innovatsion qarorlarning qöllanilişi temir yöl transporti sohasiga ham tegişli böladi. Tomonlar taqsimlaş stansiyalarini taşkil etiş, şuningdek, temir yöl infratuzilmasini avtomatlaştiriş va elektrlaştiriş böyiça loyihalarni birgalikda işlab çiqişni rejalaştirmoqda.











