11 mart kuni Humo Arena oçilişi oldidan ötkazilgan matbuot anjumani doirasida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Özbekiston Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi örtasida "Özbekistonda soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etiş böyiça hamkorlik tadbirlarini amalga oşiriş töğrisida"gi memorandum imzolandi. Hujjat assotsiatsiya raisi Firdavs Xoliqov va vazir Dilmurod Nabiyevlar tomonidan imzolandi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri. 

Özbekistonda şuningdek sportni yanada rivojlantiriş maqsadida 12 500 kişiga möljallangan Humo Arena sport kompleksi qurildi. 

15 mart  kuni oçilişi rejalaştirilayotgan asosiy arenada basketbol, voleybol, gandbol, futzal uçraşuvlarini, boks, taekvando, şort-tek, figurali uçiş, kerling musobaqalari hamda konsert dasturlarini ötkaziş mumkin. Arenaga konsert zali holatida 10 000 tomoşabinni siğdiriş mumkin böladi. 

Kiçik arenaning siğimi esa 200 kişiga möljallangan bölib, xokkey uçun maşq arenasi vazifasini bajaradi, şu bilan birga, xohlovçilar uçun ommaviy uçişlar taşkil etilişi rejalaştirilgan.