Bu yil Alphabet korporatsiyasiga qarşi pul tikiş foyda bermadi. S3 Partners ma'lumotlariga köra, kompaniya aksiyalari böyiça qisqa pozitsiyalarni oçgan treyderlar yil boşidan beri 1,1 mlrd dollarni yöqotişgan. Şu vaqt davomida kompaniya qimmatli qoğozlari 23 foizga qimmatlaşgan. Şunga qaramay, birjalardagi qisqa muddatli savdogarlar taslim bölişni xohlamayapti. 

Ötgan haftada — Alphabet kompaniyasining ikkinçi çorak uçun hisobotini tayyorlaş davomida uning qisqa pozitsiyalari hajmi 100 mln dollarga oşdi. Şu bilan Alphabet’ga qarşi stavkalar yil boşidan beri 39 foizga oşib, 1,5 mlrd dollarga yetdi. 

Bugungi savdolardan söng, Alphabet hisobotini ommaga oşkor qiladi.