Ukraina prezidenti Petro Poroşenko Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga 60 yillik yubileyi munosabati bilan yöllagan tabrigida uni öz mamlakatiga taklif qilgan.
«Sizning rahbarligingizda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgan islohotlar mustaqil Özbekiston taraqqiyotida yangi bosqiç böladi. Davlatni izçillik bilan modernizatsiya qiliş mamlakatingizning xalqaro obrösini yanada mustahkamlaş va mehnatkaş xalqingiz farovonligini oşirişga xizmat qilmoqda», degan Ukraina rahbari.
U Ukraina va Özbekiston örtasidagi amaliy muloqotni jadal rivojlantirişga har ikki tomonning tayyor ekani xalqlar farovonligi yölida döstlik va özaro manfaatli hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga xizmat qilişini ta'kidlagan.
«Fursatdan foydalanib, özingizga qulay vaqtda Ukrainaga taşrif buyurişingizni taklif etaman», deydi Poroşenko.












