19 iyul kuni Wyndham mehmonxonasida ProCab kompaniyasi tomonidan katta taqdimot marosimi ötkazildi. Tadbirda taşkilotçilar kabel işlab çiqariş jarayoni, turlari va kompaniya faoliyati bilan yaqindan taniştirişdi.
ProCab kompaniyasi haqida
ProCab Özbekiston-Buyuk Britaniya qöşma korxonasi 2012 yili taşkil topgan bölib, kabel va simlarni zamonaviy uskunalarda işlab çiqaradi.


ProCab kabel va simlari ISO 9000/9001/9003/19011:2000 sifat sertifikatlariga ega, hamda mahsulotlar Özbekiston, Rossiya, Turkiya standartlariga mos keladi. Şu bilan birga, 2016 yilning dekabrida ProCab mega-zavodi Apple korporatsiyasining rasmiy işlab çiqaruvçilari röyxatiga kiritilgan.
Özbekistondagi eng yirik zavodlardan biri
ProCab zavodi katta maydonni egallagani uçun keng turdagi kabel mahsulotlarini işlab çiqara oladi. Hozirgi paytda mingdan ortiq kabel va simlar assortimenti mavjud.

Şu jumladan, maişiy, nazorat, olovbardoş, tikilgan polietilen izolyatsiyali kuçlaniş kabellari, video kuzatiş kabellari, SIP simlari va boşqalar çiqariladi.
Hamkorlar:
NGMK, Golden House, Yangi Zamon, Murad Buildings, Enter Engineering, Artel, UMS, Next, Nobel va boşqalar.
Abduşukurov Abdunosir, ProCab kompaniyasining rahbari:


Mazkur tadbirni ötkazişimizdan asosiy maqsad - respublikamizda qurilayotgan va qurilişi rejalaştirilgan binolarga özimizning sifatli mahsulotimizni taniştiriş hamda ular bilan birgalikda hamkorlik qilişdir. Korxonada işlab çiqarilayotgan kabellarning turi 1000dan ortiq bölib, hozirgi kunda iste'molçi, xaridorlar uçun talab qilingan barça mahsulotlarni yetkazib beriş yölga qöyilgan".

















