Wyndham Garden Charvak — Markaziy Osiyodagi xalqaro darajadagi ilk kurort. Loyihani “Dune Group Development” developerlik kompaniyasi amalga oshiryapti, tog‘ majmuasi “Wyndham Garden” brendi ostida faoliyat yuritadi. Ishga tushirish 2028 yilga rejalashtirilgan.
Yil davomida ishlovchi infratuzilma
Wyndham Garden Charvak yil davomida dam olish uchun barcha sharoitlar mavjud kurort-shahar sifatida rejalashtirilgan. Xalqaro darajadagi infratuzilma 100 xonali 8 qavatli besh yulduzli mehmonxona, villalar, basseynlar, sport va bolalar maydonchalari, turli konsepsiyalardagi restoranlar, attraksionlar zonasi, spa-markaz, konfrens-zaldan iborat bo‘ladi.
“Wyndham Garden Charvak — O‘zbekistondagi bunday ko‘lam va formatga ega birinchi loyiha. Resort konsepsiyasi yashashning o‘zinigina emas, balki bir joyning o‘zida dam olish, ko‘ngil ochish, ovqatlanish va xalqaro darajadagi servisni ham ko‘zda tutadi. Biz mintaqadagi yetakchi kurortlar bilan raqobatlashishga qodir va butun Markaziy Osiyodan turistlarni jalb eta oladigan majmua barpo etamiz.

Qurilish jadal bormoqda. Ishlarning taqriban 30 foizi yakunlandi, villalar fasadlarini pardozlash ishlar kechmoqda. Ham to‘g‘ri ma’noda, ham majozan poydevori mustahkam ushbu loyihaga investorlar kirib kelmoqda”,- deya qayd etdi, “Wyndham Garden Charvak” rivojlantirish bo‘yicha direktori Jo‘rabek Mirzaahmedov.

Majmuaning 5,5 gektarini O‘zbekistondagi eng yirik akvapark egallaydi, u “Wyndham Garden Charvak” ichkarisidagi alohida olam bo‘ladi. Bu yerda turli darajalardagi 30 ta tepalik yuzaga keladi: xavfsiz bolalar trassalaridan to kattalar uchun ekstremal minoralar, shuningdek to‘lqinli basseyn, keng-mo‘l launj-hududlar va fudkort tashkil etiladi. Akvapark Markaziy Osiyo va Yevropadagi eng keng ko‘lamli suv parklaridan biriga aylanishni va’da qilmoqda.
Tog‘ relefida qad rostlagan villalar
“Wyndham Garden Charvak” arxitekturasi mahalliy yer relefidan kelib chiqadi. Loyihachilar standart bir chiziqli qurilishlardan voz kechib, tog‘ manzarasiga uyg‘unlashib ketgan ko‘p darajali makon bunyod etdi. Villalarning bir qismi grek Santoriyasidagi mashhur qoya-uylar uslubida bajarilgan: oppoq fasad, ko‘kalamzorlashtirilgan tomlar, binolarning aksariyati go‘yoki tog‘ yonbag‘riga singib ketgan – faqat kirish qismi yer yuzasiga chiqib turadi.














