2018 yilning birinçi çoragida Farğona viloyatida rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda Mehnat migrantlarini tayyorlaş böyiça markaz oçiladi. Bu haqda 26 iyul kuni taşkil etilgan anjumanda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov Kun.uz muxbiri bilan bölgan suhbat çoğida ma'lum qildi.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiyaga taşrifi çoğida "Özbekiston va Rossiya hukumati örtasida Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolarini taşkiliy jalb etiş va işga qabul qiliş töğrisida" bitim imzolangan edi. Bitimga köra, ikki tomon Özbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinçalik mehnat qilişga uyuşgan holda jalb etiş böyiça hamkorlikning tartibi va şartlarini belgilab oldi.
26 iyul kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasiga işlaş uçun jönab ketayotgan bir guruh Özbekiston fuqarolarini kuzatiş marosimi bölib ötdi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, yuqorida qayd etilgan bitimga muvofiq, Özbekiston Rossiya bilan hamkorlikda mehnat migrantlarini öqitiş va işga moslaştiriş böyiça markazlar oçilmoqda. Dastlab ana şunday markazlardan biri tez kunlarda Farğona viloyatida işga tuşişi közda tutilgan.

"Özbekiston va Rossiya örtasida kelişilgan bitimlarga muvofiq, endilikda Rossiyada mehnat qiliş istagida bölgan fuqarolar uçun yana köproq imkoniyatlar yaratiladi, ularning huquqlari himoya ostida böladi. Tez kunda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik natijasida Farğonada özbekistonlik mehnat muhojirlarini işga tayyorlaş va moslaştiriş böyiça markaz taşkil etiladi. U yerda fuqarolar tibbiy tekşiruvdan ötişi, qaysi mutaxassislikka töğri kelişini sinab körişi, rus tili böyiça sertifikatni qölga kiritişi va albatta, barça zaruriy hujjatlarni tayyorlaş uçun kerakli körsatmalarni oliş imkoniga ega böladi. Avvalari, özbekistonlik migrantlar Rossiyada öziga mos iş topiş va sertifikatni qölga kiritiş uçun köp vaqtini, ham naqdini sarflagan bölsa, mazkur markaz fuqarolarimizning Özbekiston hududida turib, barça jarayonlardan oson ötişini ta'minlab beradi", deya ta'kidladi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov.











