NASA koinot agentligining ikkita WB-57°F razvedkaçi samolyoti töliq quyoş tutilişi ortidan kuzatadilar. Uşbu astronomik hodisa AQŞ hududi ustida 21 avgustda bölib ötadi.

Olimlar öta yuqori sifatdagi quyoş toji suratlarini qölga kiritmoqçilar. Samolyotlar Texasdan havoga kötarilib, 3,5 daqiqa davomida Oy soyasi ortidan boradilar. 

15200 metr balandlikda osmon Yerdagidan 20-30 barobar qoronğiroq, atmosfera turbulentligi kamroq böladi va bu quyoş tojining mayda tuzilişi va harakatini köriş imkonini beradi. Yuqori sifatli suratlar va çastotalar nanoçaqnoqlarni körişga imkon beradi. Olimlar ular tahlili asosida quyoş toji magnit tölqinlari harakati yönalişi, kuçi va ölçamini bilişga umid qilmoqdalar.