«Barselona» hujumçisi Neymar «PSJ»ga ötişi uçun qöygan talablardan biri ma'lum böldi. Bu haqda Le Parisen naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, braziliyalik futbolçi parijliklar «Liverpul» yarimhimoyaçisi Filippe Koutinoni sotib olişini istagan. Ammo, «PSJ» Koutinoni sotib olişga işonçi komil emas, sabab uning juda qimmat transfer narxi (taxminan 90 million yevro) bunga xalaqit berişi mumkin.
Eslatib ötamiz, oldinroq, Dani Alves ham aynan Neymarning talabi bilan «PSJ»ga ötgani xabar qilingandi.
Neymar şuningdek «PSJ» Lukas Mourani saqlab qolişni söragan. Şuningdek u klub yana ikki nafar jahon darajasidagi futbolçi sotib olişini söragan.
Biroq, «PSJ» Neymarni sotib olgan taqdirda uning boşqa talablarini bajara olişiga işonmayapti. Uning öta yuqori transfer narxi sabab klub Aleksis Sançesni sotib oliş fikridan qaytgan.












