Özbekistondagi 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yiğinlarida «Qaynonalar kengaşi» jamoat tuzilmasi taşkil etildi. Bu haqda Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Gulnora Ma'rufova ÖzAga bergan interyusida ma'lum qilgan.

Mazkur jamoat tuzilmalari faoliyati Toşkent va Andijon viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahrida yaxşi yölga qöyilgan bölib, ular faoliyati, amalga oşirayotgan işlari Xotin-qizlar qömitasi vakillari tomonidan örganib borilmoqda.

«Qaynonalar kengaşi» tomonidan «Muqaddas oila» ğoyasi ostida «Baxtli oila», «Mustahkam oila», «Farovon oila», «Namunali oila» tuşunçalarining mazmun-mohiyatini tuşuntiriş maqsadida samimiy suhbatlar taşkil etilmoqda.

Mustaqil hayot bösağasida turgan qizlar örtasida «Qaynonalik ilmi va san'ati», «Kelinlik ilmi» haqida ham suhbatlar uyuştirilmoqda.