Özbekiston hukumati bugungi kunda mamlakatda tadbirkorlar uçun mavjud soliqlar sonini qisqartiriş ustida iş olib bormoqda. Xalqaro Press-klubda bölib ötgan «Özbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oşiriş mexanizmi» mavzusidagi navbatdagi sessiyada şu haqda ma'lum qilindi. Özbekiston iqtisodiyot vaziri örinbosari Şuhrat Ismoilov bu masalaga quyidagiça oydinlik kiritdi. 

«Bugungi kunda bizda tadbirkorlik qiliş, sarmoyalar jalb etiş uçun qator imtiyozlar bor. Ammo işlab çiqariş sohasida faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub'yektlari soliq tölaş borasida ma'lum bir muammolarga duç kelmoqda. Özbekiston Jahon bankining Doing Business reytingi soliq tölaş bandida juda quyi, ya'ni 141-örinda. Buning sabablaridan biri 46 turdagi soliq tölovlari mavjudligidadir.

Rivojlangan mamlakatlarda yiliga 4-5 turdagi soliqlar mavjud. Bu yönaliş soliq miqdorlarini kamaytiriş böyiça işlab çiqayotgan hujjatlarda qayd etiladi. Oddiy tadbirkor uçun soliq tölaş mexanizmini ham soddalaştirişimiz kerak», – deb qayd etdi Ismoilov. 

Yaqinda davlat rahbari tomonidan qabul qilingan soliq tizimini isloh qilişga doir farmonida qayd etilganidek, 2018 yil 1 yanvaridan Özbekistonda soliq ta'tillarini joriy etiş közda tutilgan. Bu amaliyot, asosan, xolis va pok soliq tölovçilar muşkul iqtisodiy holatga tuşib qolganda ularga qonunçilikda belgilangan tartibda yengillik taqdim etiş maqsadida qöllaniladi.