2017 yilning ikkinçi çoragida Facebook kompaniyasining sof daromadi va foydasi ança oşdi. Bu haqda kompaniya hisobotida aytiladi.

Kompaniyaning bu davrdagi umumiy daromadi 9,32 mlrd dollarni taşkil etdi – ötgan yilning şu davri bilan taqqoslaganda 45 foizga köp. Şu bilan birga, Facebook’ning sof foydasi 71 foizga ösib, 3,89 mlrd dollarni taşkil qildi.

Kompaniya asosan reklamadan daromad olmoqda – “Daromad” bandida reklamaning uluşi 98,3 foizga teng.

Bundan taşqari, ikkinçi çorakda ijtimoiy tarmoqda röyxatdan ötgan foydalanuvçilar soni 2 mlrd.ga yetdi.