Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bilan maxsus komissiyalar shug‘ullanadi
Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 525-son qarori bilan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat va hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rsatilgan komissiyalarning asosiy vazifalari va ularning shaxsiy tarkibi Prezidentning 1.06.2017 yildagi PF-5066-son farmoni bilan tasdiqlangan.
Nizomda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha komissiyalarning vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyat yuritish tartibi aks etgan.
Komissiya kollegial organ bo‘lib, unga rais boshchilik qiladi hamda yillik rejaga asosan doimiy asosda faoliyat yuritadi. Uning yig‘ilishlari zaruratga ko‘ra, biroq kamida bir yilda 1 marta o‘tkaziladi. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishining real xavfi tug‘ilganda navbatdan tashqari yig‘ilishlar chaqirilishi mumkin. Shuningdek, zarurat bo‘lganda ko‘chma yig‘ilishlar tashkil etilishi mumkin.
Komissiya yig‘ilishini rais olib boradi, u yo‘qligida yig‘ilishni uning o‘rinbosari olib boradi. Kvorum uchun unda a'zolarning kamida 2/3 qismi qatnashishi zarur.
Komissiya qarori uning a'zolarining fikrlari va qarorlari umumlashtirilishi yo‘li bilan kollegial qabul qilinadi. Uning har bir a'zosi qabul qilinadigan qarorlar bo‘yicha o‘zining alohida fikri va taklifini yozma ravishda ifodalashga haqlidir. Hududiy komissiyalar a'zolarining fikrlari va takliflari teng bo‘lganda raisning fikri hal qiluvchi hisoblanadi.
FVV va uning hududiy bo‘linmalari komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026