Google natijalar matn terilişi bilan parallel ravişda paydo böladigan va sörov özgarişiga boğliq holda özgaradigan bir zumlik qidiruv funksiyasini öçirib qöydi.

Kompaniya vakilining aytişiça, qidiruv sörovlarining 50 foizdan köproği boşqaça kiritiş usullari va ekranlarga ega smartfonlarga töğri kelgan.

"Buni hisobga olib, istalgan qurilmalar uçun tezkorroq qidiruv maşinasini yaratişga e'tiborni mujassamlaştiriş uçun biz "jonli" qidiruvdan voz keçdik", deb aytgan kompaniya vakili.

Foydalanuvçi sörovni terganda turli variantlar taklif qilinadi, u ulardan birini tanlaşi yoki Enter yoxud "Qidiruv"ni bosişi kerak böladi.

"Jonli" qidiruv 2010 yilda işga tuşirilgandi. U foydalanuvçining qidiruv sörovini topişga harakat qilgan va matn terila boşlanişi bilan natijalarni körsata boşlagan. Foydalanuvçi matnni kiritişni davom ettiraversa, natijalar avtomatik ravişda yangilangan. Taklif qilingan variantlar  boşqa foydalanuvçilarning qidiruv sörovlari va Google’da qayd qilingan sahifalar mazmuni tahlili asosida tanlangan.