International champions cup musobaqasining AQŞda davom etayotgan guruhida yana bir markaziy uçraşuv bölib ötdi. Unda «Mançester Siti» Madridning «Real» klubiga qarşi maydonga çiqib, raqibni ayab ötirmadi.

Birinçi bölimda ikkala jamoada ham yaxşi imkoniyatlar bölgan bölişiga qaramasdan, hisob oçilmay qolgandi. Biroq ikkinçi bölimda Gvardiola jamoasi butunlay boşqaça kayfiyatda tuşib keldi. Avvaliga Nikolas Otamendi burçak töpidan söng yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib hisobni oçgan bölsa, 59-daqiqada Rahim Sterling Uoker-de Bryuyne-Sterling superkombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlab qöydi. 67-daqiqada yana Kevin de Bryuynening töp uzatişidan söng, bu safar Jon Stounz madridliklar darvozasini aniq nişonga oldi.

Ikkinçi bölimning sönggi qismida ikkala jamoada ham asosan yoşlar harakat qilişdi va bu vaqtda «Siti» yoşlari faolroq bölişdi. 81-daqiqada Patrik Roberts bilan kombinatsiyani amalga oşirgan «şaharliklar» kelajagi Brahim Dias uzoq masofadan Kiko Kasilyani ojiz qoldirdi. «Real» futbolçilari sönggi daqiqada Oskar Rodrigesning çiroyli goli bilan bir marta javob qaytara olişdi. Natijada öyin 4:1 hisobida Gvardiola şogirdlari ğalabasi bilan tugadi.

International champions cup
AQŞ, Los-Anjyeles

Mançester Siti (Angliya) – Real Madrid (Ispaniya) 4:1 (0:0)
Gollar: Otamendi (52), Sterling (59), Stounz (67), Brahim Dias (81) – Oskar Rodriges (90).

Mançester Siti: Ederson (Grimşou, 80), Uoker (Dyueyni, 70), Kompani (Mangalya, 46), Stounz, Danilo (Sane, 80), de Bryuyne (Zinçenko, 69), Ture (Roberts, 80), Foden (Nasri, 46), Otamendi (Adarabioyo, 80), Gabriel Jyezus (Brahim Dias, 69), Aguero (Sterling, 46).
Real Madrid: Navas (Kasilya, 46), Varan (Valexo, 62), Naço (Asensio, 62), Marselo (Xakimi, 62), Karvaxal (Texero, 62), Kazemiro (Teo, 62), Modriç (Oskar Rodriges, 62), Isko (Sebalos, 62), Kovaçiç (Vaskes, 62), Beyl (Markos Lorente, 61), Benzema (Mayoral, 62).
Ogohlantirişlar: Ture (29), Naço (33), Karvaxal (41), Nasri (88).