Samsung sof daromadi 2017 yilning ikkinçi çoragi yakunlariga köra 9,7 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytiladi.

Bu körsatkiç kompaniya uçun rekordga aylandi, deya ta'kidlamoqda The Wall Street Journal gazetasi. 2016 yil bilan taqqoslaganda, Samsung sof daromadi 89 foizga oşdi.

Ikkinçi çorakda olingan umumiy daromad 54,6 mlrd dollarni taşkil etdi, bu esa 2016 yilning şu davriga nisbatan 19,7 foizga köp.

Samsunğning tuşuntirişiça, bunday natijalarga DRAM hamda NAND xotira çiplari muvaffaqiyatli sotilgani sabab erişilgan. Ulardan ma'lumotlarni serverlar hamda mobil qurilmalarda saqlaş va qayta işlaşda foydalaniladi. 

The Washington Post naşrining taxminiça, Samsung çorak daromad natijalari böyiça ilk bor Apple hamda Intel’ni ortda qoldirişi mumkin. Bundan taşqari, Janubiy Koreya kompaniyasi yil yakunlariga köra özining rekord körsatkiçini yangilaşga ham yaqin.