Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ram Nath Kovindni Hindiston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
«Sizning uşbu ğoyat mas'uliyatli lavozimga saylanişingiz, avvalambor, Hindiston xalqining Sizga bölgan katta işonçi ifodasi, köp yillik siyosiy faoliyatingiz, boy hayotiy tajribangizga berilgan xolis va haqqoniy bahodir», deya davlat rahbari sözlarini keltirgan TIV sayti.
Maktubda özaro manfaatlarga javob beradigan barça yönalişlarda uzoq muddatli strategik aloqalarni izçil va bosqiçma-bosqiç rivojlantirib borişdan Özbekiston tomoni manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
«Davrlar va hayot sinovidan ötgan Özbekiston va Hindiston örtasidagi döstlik riştalari xalqlarimizning köp asrlik yaqin munosabatlari asosida bugungi kunda muvaffaqiyatli rivojlanib va mustahkamlanib borayotganini alohida ta'kidlaşni istardim», – deyiladi Özbekiston Prezidentining maktubida.
Şavkat Mirziyoyev Ram Nath Kovindga mustahkam soğlik va mas'uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar, döst hind xalqiga bardavom tinçlik, taraqqiyot va farovonlik tiladi.











