Joriy yilning 26 iyulida Toşkent şahridagi “Kitob olami” savdo majmuasida Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “O‘qituvchi” naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş, yoş avlodning kitobga bölgan qiziqişini yuksaltiriş, ayniqsa, yoşlar örtasida kitob mutolaasi tarğibotiga bağişlab sönggi yillarda naşriyot-matbaa ijodiy uyida naşr etilgan yozuvçi Muhammad Ali va Tölqin Hayit qalamiga mansub Sohibqiron Amir Temurning şarafli hayot yöli jonlantirilgan “Amir Temur qalbida çaqnagan nur”, taniqli olim Jumaboy Rahimovning “Adolat va qudrat timsoli” kitob-albomi hamda Tölqin Hayit muallifligidagi “Buyuk salohiyat sohibi” kitoblarining tarğibotiga bağişlangan taqdimot bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida”gi Farmoyişida belgilab berilgan vazifa va topşiriqlar yoş avlodning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, yoşlar örtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş, ta'lim muassasalarini badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta'minlaşni yanada kuçaytiriş borasidagi işlarni yangi bosqiçga kötarişda muhim qadam bölayotganligi ta'kidlab ötildi.
Şuningdek, taqdimoti ötkazilayotgan yozuvçi Muhammad Ali va Tölqin Hayit qalamiga mansub “Amir Temur qalbida çaqnagan nur” asari “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojini örganiş va tarğib qilişning umumbaşariy ahamiyati” mavzuida tayyorlangan bölib, mazkur kitob dialog, ya'ni dilkaş suhbat tarzida yozilgan va Sohibqiron Amir Temur şaxsi, faoliyati, adabiyot, xilma-xil taqdirlar, istiqlol ne'mati hamda istiqlol yillarida Sohibqiron siymosiga körsatilgan ehtirom haqida qiziqarli fikr-mulohazalarni öz içiga oladi.
Taniqli olim, pedagog va publitsist Jumaboy Rahimovning “Adolat va qudrat timsoli” kitob-albomi buyuk davlat arbobi va uluğ sarkarda Amir Temurning butun hayot yölini yoritişga bağişlangan.
Asarda Vatan ozodligi, mustaqilligi uçun aql bovar qilmas jangu jadal maydonida sönggi nafasigaça kuraşgan, jumladan, Şarq xalqlarini yovuz duşmandan himoya qilgan, nomi tarixda haqli ravişda mangu qolgan buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temurning tarixiy haqiqat ruhidagi siymosi keng yoritilgan.
Kitob buyuk ajdodimiz töğrisidagi öşa davr yozma manbalari, keyingi zamonlarda yaratilgan tarixiy solnomalar, zamonaviy tadqiqotlar, badiiy-publitsistik naşrlar asosida yaratilgan bölsa-da, uni sof ilmiy tadqiqot emas, balki barça sevib öqiydigan ommabop asar deyiş mumkin. Bu zalvorli iş ustida muallif köp yillar davomida maşaqqatli izlanişlar olib borgan. Asar xronologik tadrijda joylaştirilgan bölib, matn ravon usulda yozilgan va yengil öqiladi.
Tölqin Hayit qalamiga mansub “Buyuk salohiyat sohibi” asarida buyuk bobokalonimiz Amir Temurning serqirra faoliyati, harbiy işlari, adolat örnatiş bobidagi davlatçilik islohotlari, ilm-fan, me'morçilik, adabiyot, san'at, tarix va boşqa yana önlab sohalarda amalga oşirgan unutilmas işlari oçib beriladi.











