Ma'lumotlarga köra, hozirda, köplab fuqarolarning kadastr hujjatlarida noaniqlik mavjud. Oqibatda ularning tasarrufidagi yer maydonlari soliq bazasiga kiritilmagan. XPKning soliq masalalariga bağişlangan sessiyasida ayni masala ham moderator va spikerlar e'tiboridan çetda qolmadi. 

“Bu ham muhim masala. Biz yaxşi işlayotgan tadbirkorni borib tekşiraveramiz. Borib bosaveramiz. Bir xil boyvaçça tadbirkorlar bor, Özbekistonda yer arzon bölgani uçun yer uçastkasini sotib olgan, nevarasiga olib qöygan, undan foydalanmaydi, yillab yotadi. Nega uni qaytarib oliş çorasini körmaymiz? Nega yerni qimmat qilib qöymaymiz?

Bizda Yergeodezkadastr bor. Mana masalan, Toşkent şahrida hammayoqda quriliş işlari, bunyodkorlik bölmoqda. Katta-katta1,5-2 ming kv.m. maydondagi imoratlar quradi, borib gaplaşadi-kelişadi, töğri bunga şaxsan guvoh bölmaganman, ammo taxmin qilamiz, ozgina, bir-ikki sömini beradi-da, 200-300 kv.m. qiladi. Şu bilan soliq bazasi kamayadi. Şunday narsalar ham bor hayotda afsuski, bu haqda ham oçiq gaplaşiş kerak”, - dedi moderator Qudratxöjayev.

U şu mavzuda Yergeodezkadastr vakiliga murojaat qildi. “Sizlar soliqçilar bilan qanday işlayapsizlar va bu muammolar qaçon tekşiriladi?”

Özergeodezkadastr boşqarma boşliği Dilorom Rizayeva bu borada qanday işlar olib borilayotgani haqida söz yuritib, bugungi kunda 5 mln 400 mingdan ortiq köçmas mulk haqidagii ma'lumotlar bazasi taşkil etilgani va har kuni yangilanib borilayotganini bildirdi.

 “Biz ikki yildan beri Davlat soliq qömitasi bilan hamkorlikda hukumat topşiriğiga asosan köçmas mulk, yer uçastkalari bino-inşootlarni töla xatlovdan ötkaziş işlarini amalga oşirdik. Hozirda, bu haqdagi ma'lumotlarni onlayn rejimida har kuni yangilanib borişi taşkil etildi. Amalga oşirilgan işlar natijasida 6 mlndan ortiq köçmas mulk obektlari aniqlandi. Şundan 5 mln 400 mingdan ortiği onlayn tartibda taqdim etilgan. Xatlovdan ötkaziş çoğida özboşimça egallangan yerlar aniqlandi. Yillar davomida fermer xöjaliklar yoki mahallalar noqonuniy, hujjatsiz, hokimning qarorisiz böş turgan yerlarni fuqarolarga ajratib bergani aniqlandi. Bu kerakli organlar bilan birga soliq organlariga taqdim etilayapti. Bu böyiça Davlat soliq idoralari tomonidan Soliq kodeksida belgilangan tartibda jarimalar soliş jarayoni amalga oşirilayapti. 

Foto:  Dilorom Rizayeva

Böş turgan, foydalanilmayotgan yoki noqonuniy yer uçastkalarini egallab oliş bilan boğliq holatlarda ularni buziş, qaytarib oliş kabi masalalar sud organlari qaroriga asosan hal etilişi kerak. Şunday holatlar ham böldiki, soliqçining axborotida 6 sotix qayd etilgan yer maydoni aslida 12 sotix ekani aniqlandi”, - dedi Dilorom Rizayeva.