Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi AI Speaker deb nomlangan "aqlli" karnayni taqdim qildi. Qurilma narxi 299 yuanni (45 dollar) taşkil qiladi, deb xabar bermoqda TechCrunch naşri.
Qurilma uçta dinamik (bitta asosda va ikkita yon tomonda) va 6 ta turli yönalgan mikrofon bilan jihozlangan. Karnayni musiqa tinglaş uçun va şaxsiy yordamçi sifatida qöllaş mumkin: karnay musiqani striming xizmatlari orqali ijro etiş, yangiliklar va ob-havo ma'lumotlarini öqiş hamda foydalanuvçi taqvimidagi hodisalar haqida eslatib turişga qodir.
Bundan taşqari, karnayni Mi ekotizimining qolgan qurilmalari: Mi TV televizorlari, Mi Box pristavkalari, Mi Robot çang yutgiçlari va boşqalarni boşqariş uçun qöllaş mumkin. Kompaniya çetki dasturçilarni Mi AI Speaker uçun dasturlar yaratişga çorlagan.
Qurilma 2017 yil avgustdan sotuvga çiqariladi, birinçi bosqiçda uni faqatgina Xitoyda sotib oliş mumkin böladi. Kompaniya karnayni boşqa bozorlarga çiqariş niyati haqida heç narsa demagan.
Karnayning ilk ming xaridori uni bir yuanga sotib olişlari mumkin böladi. Bundan keyin qurilma 299 yuan narx bilan sotila boşlanadi. Kompaniya bu aksiya hisobiga katta miqdorda xaridorlarni jalb qilmoqçi, bu esa karnayning foydalanuvçining ehtiyojlarini tuşuniş uçun yordamçi sifatida "saboq olişini" tezlaştiradi.












