Chevrolet markasiga egalik qiluvçi General Motors konserni yangi avtomobillar borasidagi bayonotini kelgusi haftadayoq e'lon qilişi mumkin, deb yozadi Braziliyaning Noticias Automotivas naşri.

Ma'lumotlarga köra, 2 avgust kuni GM bugungi kunda qöşplatformali Chevrolet Onix hetçbeki va Chevrolet Prisma sedani işlab çiqarilayotgan Braziliyadagi özining işlab çiqariş maydonçasini kengaytirişi haqida e'lon qiladi. Öşanda yangi krossover haqida ham ommaga oşkor qilinadi.

Foto: Chevrolet Onix

Braziliyaliklarning qayd etişiça, yangi maşina ham sönggi avloddagi Onix/Prisma asosiga quriladi. Sedan va hetçbek 2019 yilda avlodlarini özgartiradi, krossover esa 2020 yildan konveyerdan çiqa boşlaydi.

Yöltanlamas maşina asosan Janubiy Amerika mamlakatlari uçun möljallangan böladi va ehtimolki, Tracker modeli örnini egallaydi. Eslatib ötamiz, Özbekistondagi GM Uzbekistan zavodida Chevrolet Tracker işlab çiqarilişi ma'lum qilib kelinayotgan edi.

Foto: Chevrolet Tracker

Ilgariroq, 2018 yildan Chevrolet yangi örta ölçamli SUVni seriyali işlab çiqarişni boşlaşi ma'lum qilinayotgan edi. Bu krossover, asosan, AQŞda sotilişi möljallanmoqda. Taxmin qilinişiça, uşbu model uçun Blazer nomi qayta tiklanadi.