Özbekistonda tadbirkorlarning xorijga mahsulotlar eksport qiliş amaliyotidan tuşadigan valyutaning 25 foizini majburiy sotiş tartibi bekor qilindi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 iyulda mahalliy eksportçi korxonalarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlarga doir PQ-3157 qarorida şu haqda söz yuritiladi.

Unga köra, 2017 yil 1 avgustdan e'tiboran eksport qiluvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlarning eksportdan tuşgan valyutasining 25 foizini majburiy sotiş böyiça tartib bekor qilinadi. 

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 1 avgustigaça bölgan muddatda respublikaning vakolatli tijorat banklari va xöjalik yurituvçi eksportçilari, şu jumladan fermer xöjaliklari orasida keng tuşuntiriş işlarini olib boradi. 

Qarorning töliq matni

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq mahalliy eksport qiluvçi korxonalarni va fermer xöjaliklar faoliyatini, ularning taşqi bozorlarda raqobatdoş mahsulotlar işlab çiqariş va eksport qilişini iqtisodiy rağbatlantiriş, şuningdek, valyuta bozorini yanada liberallaştiriş maqsadida: 

1. 2017 yilning 1 avgustidan şunday tartib örnatilsinki, unga muvofiq eksport qiluvçi xöjalik sub'yektlariga mahsulotlar (işlar, xizmatlar) eksport qilişdan valyuta tuşumlarining 25 foizini majburiy sotiş böyiça talab bekor qilinadi. 

2. Özbekiston Respublikasi Markaziy banki: 

2017 yilning 1 avgustigaça bölgan muddatda respublikamiz vakolatli tijorat banklari va eksport qiluvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlar, jumladan, fermer xöjaliklar örtasida uşbu qaror bilan örnatilgan tartibni amalga oşiriş mexanizmi böyiça keng tuşuntiriş işlari olib borsin; 

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiş va qöşimçalar töğrisidagi takliflarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Markaziy bank raisi M.B.Nurmuratov zimmasiga yuklansin.