Özbekiston hukumati mamlakatning Jahon bankining har yilgi "Biznes yuritiş" (Doing business) hisobotidagi reytingini yaxşilaş böyiça çoralar körişni rejalaştirmoqda.  

Vazirlar Mahkamasining tegişli qaror loyihasi muhokama uçun çop etildi. 

Hujjatga köra, hukumat Özbekistonning uşbu reytingdagi örnini yanada oşiriş uçun işlarni koordinatsiyalovçi idoralararo komissiya taşkil etmoqçi.

Komissiya davlat idoralarining biznes yuritiş uçun şaroitlarni yaxşilaş çoralarini tatbiq qiliş va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş böyiça tadbirlarni tahlil qiliş bilan boğliq savollardagi hamkorligini ta'minlaydi. 

Komissiya biznes uçun şaroitlarni yaxşilaş böyiça vazifalarini bajarmayotgan davlat organlari rahbarlarini javobgarlikka tortiş çoralarini qabul qiliş böyiça takliflar kiritadi.

Hujjatda ta'kidlanişiça, rejalaştirilgan tadbirlarning amalga oşirilişi Özbekistonning uşbu reytingdagi pozitsiyasini har yili 10 poğonaga yaxşilaşga imkon beradi. Taxmin qilinişiça, Özbekiston 2021 yilga kelib reytingda 2016 yildagi 87-örindan 40-öringa kötariladi.