28 iyul kuni Toşkent viloyati hokimligida navbatdan taşqari sessiya bölib ötdi.
Yiğilişda Zangiota tumani hokimi Sa’di Şermatov lavozimidan ozod etilgan.
Tumanda jami yetti rahbar işdan olingan. Hokim bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari, tuman Içki işlar boşqarmasi boşliği, tuman yer resurslari va davlat kadastri bölimi rahbari, tuman moliya bölimi rahbari hamda tuman ğaznaçiligi rahbari işdan ketgan.
Sa’di Şermatov 2016 yil fevralidan buyon tumanga hokimlik qilib kelayotgandi.
Yiğilişda tumanning yangi hokimi ham taniştirildi. Endi Abduvahob Ulaşbayeviç Tamekayev tumanga rahbarlik qiladi. U 1974 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, şu vaqtgaça Respublika «Agrobank» boşqaruv raisi bölib işlagan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 20 iyul kungi «Toşkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilişini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari tuğrisida»gi qaroriga köra, 7 yil avval Zangiota tumaniga qöşilgan Toşkent tumani qaytadan taşkil etilgandi.











