Amerikaning internet orqali çakana savdo qiluvçi Amazon kompaniyasining 2017 yil ikkinçi çoragidagi sof foydasi 77 foizga pasayib, 197 mln dollarni taşkil etgan. Bu har bir aksiya 0,4 dollarga arzonlaşganini anglatadi. Şu bilan bir vaqtda eng yirik çakana savdo kompaniyasining pul tuşumi 30,4 mlrddan 38 mlrd dollargaça oşgan. 

Tahlilçilar sof pul tuşumini 22 foizga yoki 37,2 mlrd dollarga ösişini, ya'ni har bir aksiyadan 1,42 dollar qiymatida foyda körişini taxmin qilişgan edi. Kompaniyaning amaliy foydasi 51 foiz, ya'ni 628 mln dollarga tuşgan. U daromad pasayişini xarajatlarning 33 foizga yoki 5,16 mlrd dollarga ortgani bilan izohladi. Texnologiyalar va tarkibiy xarajatlar 43 foizga ösib, 5,55 mlrd dollarni taşkil etgan. Marketing maqsadlarida sarflangan mablağ 44 foizga ösib, 2,23 mlrd dollarni taşkil etgan. 

Amazon kompaniyasining AQŞdagi amaliyotlaridan 17,7 mlrd dollardan 22,4 mlrd dollarga, xalqaro bozordagi amaliyotidan 9,8 mlrddan 11,5 mlrd dollargaça ösgan. Uning bulutli xizmatidan foydasi 200 mln dollarga oşib, 916 mln dollarga yetgan.