Özbekistonda qabul qilingan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida davlat boşqaruvi organlarining quyi böğinlari faoliyatini tubdan yaxşilaş, ularning xalq bilan muloqot qilişini ta'minlaş, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlaş ustuvor vazifa sifatida belgilab qöyilgan.
Bugungi kunda dunyoda globallaşuv jarayonlari kuçayib, tinçlik va barqarorlikka qarşi yangi tahdid va xatarlar tobora köpayib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oşirilgan işlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillaştirişni taqozo etmoqda.
Xususan, oila, mahalla va ta'lim muassasalarida yoşlar tarbiyasi, çekka hududlar va mahallalarda uyuşmagan yoşlar bilan maqsadli ğoyaviy-tarbiyaviy işlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatçilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adaşib qöşilib qoliş, milliy qadriyatlarga e'tiborsizlik, erta turmuş quriş, oilaviy ajralişlar kabi salbiy holatlarning oldini olişga qaratilgan tarğibot işlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e'tiborni talab etmoqda.
Ana şu maqsad va vazifalardan kelib çiqqan holda, ma'naviy-ma'rifiy tarğibot işlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxşilaş, ularning kölami va miqyosini kengaytiriş, tizimda faoliyat körsatayotgan soha xodimlarining bilim va malakasini izçil oşirib boriş, tuman (şahar) darajasidagi xodimlar mehnatiga haq tölaşning barqaror tizimini yölga qöyiş, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va taşkilotlar işini muvofiqlaştiriş va ularning samarasini oşiriş maqsadida Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi hamda Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlaştiriş yöli bilan ularning negizida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi qayta taşkil etiladi. Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 iyuldagi “Ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşiriş va sohani rivojlantirişni yangi bosqiçga kötariş töğrisida”gi PQ-3160 qarorida şu haqda söz boradi.
Markaz faoliyatini taşkil etişda quyidagi asosiy vazifalarga alohida e'tibor qaratiladi:
mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazişga qaratilgan tarğibot işlarini tizimli va izçil amalga oşiriş, bu borada keng jamoatçilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma'rifat” tarğibotçilar jamiyatini şakllantiriş hamda uning faoliyatini doimiy asosda yölga qöyiş;
dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va ğoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama çuqur yoritib boriş, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boşqa tahdidlarga qarşi samarali ğoyaviy kuraş olib boriş;










