Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi yangi avlod Phantom sedanini taqdim etdi. Model taşqi körinişidan deyarli özgarmadi. Uning kuzovi avvalgisi kabi alyuminiydan yasalgan. Biroq u hajmni e'tiborga olgan holda qayta işlangan. Ayni şu arxitektura kompaniyaning boşqa barça brendlari, xususan Cullinan krossoveriga asos böladi.

Yangi «Fantom»ni dizayn jihatidan lazerli old çiroqlari, kuzov paneli bilan uyğunlaşib ketgan radiator qafasi bilan ajralib turadi. U qölda silliqlangan pölatdan yasalgan. 

«Fantom» kuzovidan taşqari şassisi ham alyuminiydan yasalgan. Sedan qattiqligi avvalgi modelga qaraganda 30 foizga oşgan. Biroq unga örnatilgan yangi pnevmatik podveska tufayli qöşimça qulaylikni taqdim etadi. Bundan taşqari, uning töliq boşqariluvçi şassisi ham bor. 

Yangi «Rolls-Roys» 130 kilogrammlik qöşimça şovqinni tösuvçi jihozlarga ega bölgan. Şuning hisobiga soatiga 100 km tezlikda salon içidagi şovqin 10 foizga kamaydi. Endilikda bu şovqin 60 detsibelni, yoki oddiy suhbat balandligiga teng böladi. Bundan taşqari, yangi şinalar ham kamroq şovqin çiqaradi. Maxsus köpikli qatlam şinani 9 detsibelga şovqinsizlantiradi. 

«Fantom»ga 571 ot kuçli, 12 silindrli tvin-turbo dvigatel örnatiladi. Uning hajmi 6,75 litrdir. Motor 8 bosqiçli ZF AUQ bilan sedanni harakatga keltiradi. 

Barça 4 ta eşik ham tugmçani bosiş bilan oçib, yopiladi. Uning orqa örindiğidagi yölovçi örindiqni 5 xil usulda öziga moslaşi mumkin. Şuningdek, salonning orqa qismida muzlatgiç ham joylaştirilişi mumkin. 

Sedan jihozlari orasida proyeksiya displeyi, adaptiv kruiz-kontrol, tungi köriş tizimi, atrofni videoli köriş imkoniyati, Wi-Fi tarmoqli multimedia markazi şular jumlasidan.

Yangi Rolls-Royce Phantom narxi 350 ming funt sterling ekani aytilmoqda.