Ukrainaning Atlasjet Ukraine aviakompaniyasi uçuvçilari Istanbulda yirik aviahalokatning oldini olişdi. Ular bor mahoratlarini işga solib, samolyotni uçiş-qöniş yölagini körmagan holda yerga qöndirişning uddasidan çiqişdi. Bu haqda qator jahon OAV xabar qilmoqda. 

Ma'lumotlarga köra, 27 iyul kuni Ukrainaning Atlasjet Ukraine aviakompaniyasi uçuvçilari kuçli dölga duç kelişi oqibatida talofat körgan A320 samolyotini aeroporta qöndirişgan. flightradar24 ma'lumotlariga köra, uşbu samolyot UH250 Xarkov — Istanbul reysini amalga oşirgan. Şundan söng, u Istanbuldan Atlasglobal (Turkiya) aviakompaniyasining KK1010 yönalişi böyiça Erkanga parvozni amalga oşirgan. 

Atlasglobal bayonotiga köra, havo layneri Erkanga uçgaç, 1,2 ming metr balandlikda dölga uçragan va burni va old oynalari sezilarli talofat körgan. Şundan söng, uçuvçilar Istanbulga qaytişga qaror qilişgan. 

Suratlardan köriş mumkinki, döl old oynalar şaffofligini yöq qilgan. A320 ning tumşuği deyarli yöq bölgan. 

Havo kemasiga KK1010 reysini amalga oşirişda Aleksandr Akopov komandirlik qilgan. U uçiş-qöniş yölagini yon oyna orqali körib samolyotni qöndirişga muvaffaq bölgan.