Har yili oliygohlarga kiriş uçun test imtihonlari yaqinlaşar ekan, ommaviy axborot vositalarida nopok öqituvçilarning pora bilan qölga tuşgani haqidagi xabarlar bolalaydi. Bu yil ham bundan mustasno bölmadi — «an'ana» buzilmadi.
26 iyul kuni Samarqanddagi «Matbuot uyi»da oliy öquv yurtlari rahbarlari iştirokida test sinovlariga tayyorgarlik va uni ötkazişga bağişlangan matbuot anjumanida Nuz.uz muxbiri mutasaddilarga quyidagiça savol bilan murojaat qilgan:
«Bir neça kunlardan beri Samarqandda ayrim oliy öquv yurtlarining öqituvçilari pora oliş çoğida huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olingani haqida miş-mişlar yuribdi. Miş-mişlarning yolğon yoki haqiqat ekanligiga oydinlik kiritiş maqsadida aslida nima bölganini sözlab bera olasizlarmi?»
Qöyilgan savolga javob berar ekan, Samarqand qişloq xöjaligi instituti rektori Toştemir Ostonaqulov institut yuristi öz iş kabinetida 10,5 ming AQŞ dollari pora olayotganida uşlangani ma'lum qildi.
Samarqand Davlat arxitektura-quriliş instituti rektori Sulton Ahmedovning sözlariga köra, institut xodimlaridan biri abituriyentdan 6 ming AQŞ dollari talab qilinayotganda uşlangan va unga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.
Samarqand Davlat universiteti prorektori Ahmadjon Soliyevning xabar berişiça, fakultetlardan birining dekani 19 iyul kuni 23 ming AQŞ dollariga teng pora olayotganida qölga tuşgan.
«Öqituvçilar orasida ulkan tuşuntiriş işlari va korrupsiyaga qarşi tadbirlar olib borayotganimizga qaramasdan, oliygohlarda bunday noqonuniy harakatlar hamon davom etayotgani taassufli, — dedi SamQXI rektori T.Ostonaqulov. — Biz test sinovlari bilan u yoki bu darajada boğliq har bir xodimdan tuşuntiriş xati olganmiz. Sinovlarga tayyorgarlik va ularni ötkaziş vaqtida tartib-qoidalarni buziş qanday oqibatlarga olib kelişini ular juda yaxşi bilişadi: ular bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinadi».
Toşpölat Rahmatullayev












