Dunyoda turli model va brenddagi avtomobillar köp. Ular orasida eng arzonlaridan tortib, örtahol oilaga möljallanganlari, dabdaba va haşamli avtomobil turlari juda köp. Ammo şular orasida Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi işlab çiqqan maşinalarning öz örni bor. Quyida uşbu kompaniyaning Rolls-Royce Phantom modeli tarixi haqida fotosuratlarda hikoya qilamiz. 

Rolls-Royce Phantom I — 1906 yildan 20 yil davomida işlab çiqilgan Silver Ghost modelining bevosita vorisi hisoblanadi. Britaniya zavodi faqat şassi va boşqa barça mexanik qismini işlab çiqqan, kuzovni buyurtmaçi öz xohişiga köra, köp sonli dizayn atelelarning biridan tanlaşi mumkin edi. Bu kabi iş yuritiş 1950 yillargaça qöllab kelindi. 

Birinçi «Fantom» şassisi Silver Ghost modeliga tegişli edi. Unga 7.7 litrli, 6 silindrli dvigatel, uç bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi va barça ğildiraklariga örnatilgan servoprivodli tormoz mexanizmlari bilan jihozlangan. 

Ikkinçi avlod Phantom 1929 yilda paydo böldi. U yangi şassida işlab çiqilgan, avvalgi dvigatelning takomillaşgan namunasi va 4 bosqiçli MUQqa ega edi. U ham turli atelelarda işlab çiqilgan har xil kuzovlarga ega edi.

Suratlarda — Continental modifikatsiyasi. Uning ğildiraklar asosi birmunça qisqaroq, qattiqroq prujinalar örnatilgan, motori kuçaytirilgan. Bu avtomobil öşa vaqtlarda aql bovar qilmas soatiga 160 km tezlikda harakatlana olardi.

Rolls-Royce Phantom III ilk bor 1936 yilda namoyiş qilindi. U V12 dvigateliga ega böldi. Bu avtomobil 1998 yilgaça kompaniyaning şunday motor örnatilgan yagona modeli bölib qoldi. 1998 yili xaridorlarga Silver Seraph havola qilindi.