Prezidentning 27 iyuldagi PQ-3149-son “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni sotiş tartib-taomillarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori imzolandi. Norma.uz’ning yozişiça, unga köra onlayn-kimoşdi savdolari joriy etilmoqda.
Joriy yilning 1 sentabridan sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni sotiş böyiça kim oşdi savdolari «E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydoni orqali faqat elektron onlayn-kim oşdi savdolari şaklida ötkaziladi. Buning uçun kim oşdi savdolarida Internet orqali iştirok etiş imkonini beradigan maxsus dasturdan foydalaniladi. Buyurtmalarni qabul qiliş va ğoliblarni aniqlaş jarayoniga aralaşiş istisno qilinadi.
Onlayn-kim oşdi savdosi ötkazilişi haqida lot körsatilgan holda u boşlanişidan 10 kun oldin xabar beriladi.
Xabarnoma :
• Elektron onlayn-kim oşdi savdolarini taşkil etiş markazi veb-portalida;
• Boş prokuratura va uning hududiy boşqarmalari huzuridagi Majburiy ijro byurosi veb-saytlarida e'lon qilinadi.
Onlayn-kim oşdi savdosida iştirok etiş uçun ERI bilan tasdiqlangan elektron buyurtma beriş va zakalat kiritiş zarur böladi. Bunda boşlanğiç onlayn-kim oşdi savdolari narxni oşiriş, takroriy onlayn-kim oşdi savdolari esa narxni tuşiriş tamoyili asosida ötkaziladi.
Mol-mulk onlayn-kim oşdi savdolariga baholaş qiymati böyiça qöyiladi. Davlat ijroçilari onlayn-kim oşdi savdolarida sotilmagan mol-mulkni arzonlaştirişga haqli emas.
Elektron onlayn-kim oşdi savdolarini taşkil etiş markazining muassisi (mulkdori) vazifasini bajaradigan Majburiy ijro byurosi huzuridagi DUK korxonasi hisoblanadi.
Quyidagilar uning vazifasiga kiradi:
• sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni sotiş böyiça elektron onlayn-kim oşdi savdolarini taşkil etiş va ötkaziş;
• mol-mulkni elektron onlayn-kim oşdi savdolarida sotiş bilan boğliq axborot va maslahat xizmatlari körsatiş;
• fuqarolarni elektron onlayn-kim oşdi savdolarida iştirok etiş tartibi hamda savdoga qöyiladigan mol-mulk töğrisida keng xabardor qiliş;













