Bugun tadbirkorlikka şunçalik erkinlik, qulaylik va imtiyozlar berilganki, bu orqali köplab insonlar öz orzularini röyobga çiqarişmoqda, bizneslarini yölga qöyişmoqda. Ammo har narsada ilm, tafakkur yoki farosat lozim bölganidek, davlat siyosati darajasiga olib çiqilgan bu sohada ham mana şunday bebaho insoniy fazilatlar zarur böladi. Buni hayotiy misollar orqali ham isbotlaş mumkin.
Yaqinda qölimga bir buyum tuşib qoldi. Sanitar-gigiyenik hojat qoğozi (har holda qadoğida şunaqa yozilgan). Xullas, işlab çiqaruvçi tomonidan uşbu mahsulotga berilgan nomni öqidim-u, biroz hamiyatim öynadi. Nomi – “Şahri Keş”. Men tadbirkorning gullab-yaşnaşiga, biznesi yanada rivojlanişiga qarşi odammasman, qandini ursin. Lekin öz mahsulotlarida nom tanlaşda farosatni sal işlatişsa yaxşi bölarmidi?

Keş – Özbekistonning eng qadimiy şaharlaridan biri bölmiş Şahrisabzning tarixiy nomi. Sohibqiron Amir Temur tuğilib ösgan, olimu fuzalolar yetiştirib bergan, “Qubbatul ilm val adab” – Ilm va odob gumbazi, deya ta'riflangan jannatmonand maskandir. Uning dovröği nafaqat Özbekiston, balki butun jahon böylab maşhurdir. Şunday nomni, qöpol qilib aytganda, hojatxona qoğozida işlatiş, ayb emasmi? Körgan, eşitgan odamning ğaşiga tegadigan holatmasmi?

Yana bir aytaman, tadbirkorlarning işiga aralaşiş niyatidan yiroqman. Maqsadim har narsaning öz örni, öz mantiği bölsin. Ana şunda, xalq tili bilan aytganda, “olam guliston”. Kimdir bu sözlardan örnak olsin, kimdir kulib qöya qolsin, bunisi özgalarga havola. Ammo, aziz tadbirkor, ming maşaqqat ila yölga qöygan biznesingizni, işlab çiqarayotgan mahsulotingizni nomlaşda sal mantiqiy yondaşing. Axir kelajakdagi maqsadingiz mana şu mahsulotingizni jahonga eksport qiliş emasmi? Siz bergan nom ertaga mamlakat obrösini kötarsa kötarsinki, aslo kulguga qöymasin.
Sarvar Anvar öğli










