Turkiya içki işlar vaziri Suleyman Söylu Ğarb davlatlarini Anqaraga nisbatan noxolis munosabatda aybladi.
Uning aytişiça, Ğarb Turkiyaning oldinga intilişga har urinişida uning yölida ğov böladi. Bu holat oxirgi 15 yildan beri kuzatilmoqda.
Söyluning ta'kidlaşiça, katta davlatlar öz ta'sir hududlaridagina tinçlikni ta'minlaydilar.
“Kurdiston işçi partiyasi kömakni olislardan olmayapti. Nomlari Turkiya IIV «qizil röyxati”ga kiritilgan terrorçilar yaşaş uçun ruxsatni Janubiy Koreyada olmayaptilar. KIPning Suriyadagi şoxobçasi – PYD (Demokratik ittifoq) Yaponiyadan qurol bilan ta'minlanmayapti. Ya'ni oçiqçasiga yangliş tanlov. Gap Ğarbning ikkiyuzlamaçiligida ketmoqda”, deb aytgan turk vaziri.
Uning ta'kidlaşiça, Ğarb iqtisodiy va siyosiy manfaatlari yölida odamlar ölimini inkor etmoqda va eng yomoni – irq, din va millat böyiça tahqirlaş yönalişini olib borib, ularni odam örnida körmaydi.
“Oçiqçasiga aytişim mumkin, bir qator davlatlar boy, biroq madaniy nuqtai nazardan emas. Bu tuzilmalar insonga foyda keltirmay, faqatgina muammolar yaratadi. Boşqa davlatlarda harbiy töntaruvlar rejalarini amalga oşirişga urinib operatsiyalar ötkaziş rivojlanganlik alomati emas. Afrikaning ba'zi davlatlarida hukumatni ağdariş, uruşga undaş – bu muvaffaqiyat emas”, deb qöşimça qilgan Söylu.












