Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obektlarini ularda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş uçun investorlarga taklif etadi. Bu haqda qömita saytida e'lon berilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019 yillarda Samarqand şahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorida foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obektlarini ularda savdo, mehmonxona, köngiloçar va turizm sohasining boşqa obektlarini barpo qiliş uçun investorlarga beriş işlarini faollaştiriş közda tutilgan.
Obektlar Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli «Davlat mulkini ijaraga beriş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qaroriga muvofiq ijaraga beriladi.
Batafsil ma'lumot oliş uçun Davlat raqobat qömitasi Samarqand viloyati hududiy boşqarmasi huzuridagi Ijara markaziga murojaat qilişingiz söraladi.












