Dunyoga kelgan çaqaloqdagi bokiralik, poklik va beğuborlik aslida bir umrga saqlab qoliş uçun beriladi. Ammo yaratgan in'om etgan umr keyinçalik qismat, taqdir, peşona deya izohlanuvçi ne-ne söqmoqlardan ötmaydi deysiz. Aslida esa u SINOV. Uni iroda bilan qarşilaş, maşaqqatlar uçraganda yelkadoş böliş ong va jamiyatning uyğunligiga boğliq. Taajjub, dunyoda neça milliard aholi bölmasin, barçasining taqdiri özgaça.

Farğona tumanining Örta qişloğidan bölgan Salimaxon Matkasirova oiladagi yetti farzandning biri edi. Onasi, otasi, boşqa yaqinlaridan ajrab qoldi. Yaxşi hamki akasi bor ekan. Bolalikdan közi oğrir edi, 8-sinfni tugatiş çoğida batamom körmay qoldi. Baloğat yoşi arafasidagi qiz bolaning közi ojizligi kamxarj oila taşvişini ikki qildi. Na çora, taqdir ekan dedilar. Oradan yillar ötib Salimaxonga ham öz tenggi çiqdi. Oila qurdilar. Bitta farzand dunyoga keldi. Falakning kajraftorini qarangki salgina quvonçli kunlar xam uzoq çözilmadi. Salimaxon qölida öğli bilan beva qoldi.

– Endi qayoqqa boraman, degan xayol butun vujudimni tirnab taşlagan edi, öşanda, - deydi u. – Erimdan keyin uning ota-onasiga “közi ojiz” va boqimanda kelin kerak bölmay qoldi. Ota hovlimizdagi törtta çoğ-çoğ xonalarda akam Abduqahhorning tört öğli oilalari bilan yaşardi. Bu xonalarda aqalli daxliz xol yöq edi. Oxir-oqibat oşxonani böşatib berişdi, menga... Şu yerda öğlim ulğaydi, kasb-hunar kollejini bitirib qöşni qişloqdagi bir fermer qölida suvçilik qiladi, hozir. Topganini arang tirikçilikka yetkazamiz...

Salimaxon yaşaydigan hovlida ulardan taşqari 18 jon, 5 oila bor. Qişloqda iş örni muammosi töliq yeçimini topmagan. Norğuldek 4 yigit oilasi, bola-çaqasi, ota-onasini boqaman, deb duç kelgan işni qilaveradilar.

Xudodan menga ato etgan ne'mati – aziz jonimni qaytarib olişini iltijo qilib söragan tunlar xam böldi...