Foto: Kun.uz

1 avgust kuni Özbekistondagi barça oliy öquv yurtlariga öqişga qabul qiliş uçun test sinovlari bölib ötdi. Xususan, «Özekspomarkaz» körgazmalar majmuasi binolarida Toşkent davlat yuridik universitetiga kiriş imtihonlari ötkazildi. Kun.uz muxbirlari joylarda bölib, jarayonni yoritişdi.

Ma'lumki, uşbu yilda Toşkent davlat yuridik universitetiga imtihon jarayonida tekşiriş, kuzatiş va nazorat işlariga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari, içki işlar xodimlari, bojxona, prokuratura, milliy xavfsizlik xizmati hamda universitet xodimlaridan iborat guruhlar jalb qilingan. Abituriyentlar ikki tartibda taşqi va içki nazoratdan ötkazildi.

«Özekspomarkaz»ning oçiq hududida «Şpargalka, valyuta va boşqa buyumlarni öz ixtiyoringiz bilan topşirişingiz kerak. Tegişli xodimlar tomonidan topilsa, dalolatnoma tuziladi va testdan çetlatilasizlar», deya e'lon berib borildi. Abituriyentlar juda jiddiy tarzda nazoratdan ötkazildi, ularning hattoki oyoq kiyimlari ham yeçilib, tegişli tartibda tekşirildi.

Biroq, ba'zi «uddaburon» abituriyentlar şunça ogohlantirişlar qilinganiga qaramay, turli şpargalka va aloqa vositalarini özlari bilan birga olib kirişga urindi. Ularga nisbatan tegişli tartibda dalolatnoma tuzilib, test imtihonlaridan çetlaştirildi.