AQŞ kongressi yuqori palatasi Kristofer Rey nomzodini Federal qidiruvlar byurosi rahbari lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Uning nomzodiga 92 senator ovoz bergan, beş nafari qarşi çiqqan, ular orasida demokratlar Kirsten Jillibrand, Elizabet Uorren, Ron Uayden, Ed Marki va Jyeff Merkli bor.

Kristofer Rey kiçik Jorj Buş prezidentligi vaqtida AQŞ boş prokurori örinbosari lavozimini egallagan.
Eslatib ötamiz, AQŞ prezidenti Donald Tramp may oyida FQB rahbari Jyeyms Komini öz lavozimidan ozod etdi.











