Elektronika mahsulotlari işlab çiqaruvçi Apple kompaniyasining 2016-2017 moliyaviy yili uçinçi çoragidagi sof daromadi 12 foizga ösib, 8,717 milliard dollarni taşkil etdi. Bu haqda kompaniya hisobotida söz yuritilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Yillik pul tuşumi ösişi 7 foiz bölgani holda, biz uçinçi çorakda ham iqtisodiy ösiş tezlaşgani va xizmat körsatişdan rekord darajada foyda olinganini ma'lum qilişdan xursandmiz", — degan Apple rahbari Tim Kuk.

Kompaniyaning hisobot davridagi tuşumi ötgan yilning şu davri bilan qiyoslaganda 7 foizga ösib, 45,408 milliard dollarni taşkil etgan. 

Amerikaning Apple korporatsiyasiga 1976 yili Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan. Kompaniya boş qarorgohi Kaliforniyaning Kupertino şahrida joylaşgan. Apple şaxsiy va planşet kompyuterlar, audiopleyer, telefon, "aqlli" soatlar va dasturiy ta'minotlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.