Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» Myunxenda «Bavariya»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
«Liverpul» «Audi Kap» o‘rtoqlik musobaqasining yarim finalida «Bavariya» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Myunxendagi «Alyants-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs qizillarning 3:0 hisobidagi ustunligi bilan yakuniga yetdi.
Birinchi bo‘limda Sadio Mane va Muhammad Saloh to‘p urgan bo‘lsa, bellashuvning ikkinchi bo‘limida angliyaliklar g‘alabasini zaxiradan maydonga tushgan Deniyel Starrij mustahkamlab qo‘ydi.
«Liverpul» «Audi Kap» finaliga chiqdi hamda bugun, 2 avgust kuni «Atletiko» bilan uchrashadi. «Bavariya» esa musobaqaning uchinchi o‘rni uchun «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.
Bavariya Germaniya – Liverpul Angliya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 7 Mane, 0:2 – 34 Saloh, 0:3 – 83 Starrij.
Bavariya – Ulrayx, Rafinya, Xummels, Martines, Alaba (Fridl, 79), Riberi, Alkantara (Sanshesh, 21), Xames (Koman, 62), Tolisso (Vidal, 74), Myuller, Levandovski.
Liverpul – Karius, Lovren, Matip (Klavan, 67), Moreno, Aleksander-Arnold (Flanagan, 79), Xenderson (Starrij, 68; Solanke, 86), Koutino(Vudbern, 79), Firmino (Kent, 67), Saloh (Gruyich, 67), Jan (Veynaldum, 46), Mane (Lallana, 46).
Ogohlantirishlar: Sanshesh (50), Vidal (88), Lallana (88).
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026