Samarqandda soğliqni saqlaş tizimida kadrlar ta'minotidagi muammolarni bartaraf etiş maqsadida, davolaş-profilaktika muassasalari hamda tuman va şahar tibbiyot birlaşmalarida yetişmayotgan umumiy amaliyot şifokorlari, asosiy tor soha mutaxassisliklari uçun viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan taşkil etilgan navbatdagi böş iş örinlari mehnat yarmarkasi bölib ötdi.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi matbuot xizmatining Kun.uzga ma'lum qilişiça, yil davomida ikkinçi bor ötkazilayotgan mehnat yarmarkasida 400 nafardan ziyod iştirokçilar qatnaşib, 121 ta mehnat şartnomalari tuzilgan.
Ikki yillik umumiy körsatkiçlarga köra, viloyatning barça davolaş-profilaktika muassasalari, ilmiy tekşiriş instituti va markazlarida hamda kadrlar tayyorlaş öquv yurtlarida 2015 yilda 7.903 nafar vraç va 28.323 nafar örta tibbiyot xodimlari, 2016 yil yakuni böyiça 7.672 nafar vraç, 27.786 nafar örta tibbiyot xodimlari faoliyat körsatmoqda.

Samarqand viloyatida barça davolaş-profilaktika muassasalarida «Kadrlar soati» taşkil qilinib, bölimlardagi kadrlarga oid muammolar (malaka, toifa, vakant, ehtiyoj, tayyorlaş va qayta tayyorlaş) oyida bir marta muhokamasi yölga qöyilgan.
Viloyat davolaş-profilaktika muassasalari va birlamçi tibbiy sanitariya muassasalarida, şahar oilaviy poliklinikalari, yangi taşkil qilinayotgan qişloq oilaviy poliklinikalarda aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat körsatiş uçun umumiy amaliyot şifokorlari 298 nafar va 437 nafar tor soha mutaxassislari yetişmasligi tahlil qilindi.

Sohani takomillaştiriş avvalo kadrlar salohiyatiga boğliqligini inobatga olgan holda 2017 yil bitiruvçilarini jalb qilib, barça viloyat davolaş-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda tuman va şahar tibbiyot birlaşmalari boşliqlari iştirokida «Men xalqimning salomatligi uçun mas'ulman» mavzusida seminarlar taşkil qilindi.












