2017 yilning 29 iyun kuni taxminan soat 15:10larda voyaga yetmagan Xalilillo Akbarov Uçtepa tumani hududida voyaga yetmagan Behruz Alimov (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) bilan örtalarida kelib çiqqan janjal oqibatida, unga ötkir tiğli jism bilan oğir tan jarohatini yetkazgan. Natijada B.Alimov qorin sohasi teşib kiruvçi sançilgan-kesilgan jarohati bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Uçtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.











