Bugun, 2 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida umumta'lim maktablari va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari örtasida özaro integratsiyani ta'minlagan holda, 11 yillik örta ta'lim tizimini joriy etiş, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qiliş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
ÖzA xabarida ma'lum qilinişiça, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, keng jamoatçilik vakillaridan tuzilgan işçi guruh a'zolari tomonidan joylarda ota-onalar va öquvçilar hamda keng jamoatçilikning 2017-2018 öquv yilidan boşlab 9-sinf bitiruvçilari umumta'lim maktablarining 10-sinflarida, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida öqişni davom ettirişiga oid fikrlari örganilgan.
Yiğilişda ota-onalar va bolalarning şu boradagi xohiş-istaklarini töliq hisobga oliş va röyobga çiqariş zarurligi, ularning ovora bölişiga yöl qöymaslik, şunday holatlar yuz bergan taqdirda tegişli tumanlar hokimlari, xalq ta'limi bölimi va ta'lim muassasalari rahbarlariga nisbatan qat'iy çoralar körilişi ta'kidlandi.
Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi rahbarlariga mahalliy hokimliklar bilan birgalikda şu yil 20 avgustga qadar har bir öquvçining aniq maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejida öqişni davom ettirişini ta'minlaş vazifasi yuklatildi.
Selektor yiğilişida öquvçilar va ota-onalarning xohiş-istaklaridan kelib çiqqan holda, mamlakatimizda öquvçilarga kasb-hunar örgatişning yangi tizimi – öquv-işlab çiqariş majmualarini joriy etiş masalasi muhokama qilindi. Yangi öquv yili boşlangunga qadar bu majmualarni öquv jihozlari, kasb-hunar örganiş uçun zarur anjom va uskunalar bilan ta'minlaş böyiça mas'ul idora va şaxslar belgilandi.
Mahalla faollari, nuroniylar, profilaktika inspektorlari, Özbekiston yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotlari, tuman, şahar hokimlariga umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya sifatini oşiriş, har payşanba – profilaktika kunida öquvçilarning davomatini örganiş va tahlil natijalarini tanqidiy muhokama qilib boriş vazifasi topşirildi.
Yangi öquv yili boşlangunça kasb-hunar kollejlarining öquv ustaxonalari negizida öquv-işlab çiqariş majmualari taşkil qilib, ularga yaqin atrofdagi maktablarni biriktiriş, kollejlardan uzoqda joylaşgan umumta'lim maktablari öquvçilari uçun maktabning öz bazasida öquv-işlab çiqariş majmuasi yaratiş yuzasidan tegişli körsatmalar berildi.











