Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyperloop kapsulasi 300 km/soat dan ko‘proq tezlikka erishdi
Ilon Maskning Hyperloop One transport tizimi loyihasi sinovining yangi bosqichida XP-1 yo‘lovchi kapsulasi 192 mil/soat (308,9 km/soat) tezlikka erishdi.
Loyiha Mask tomondan 2013 yil avgustda taqdim qilingan. Loyiha g‘oyasiga ko‘ra, yo‘lovchilar, yuklar va avtomobillarni tashiy oladigan kapsulalar aerodinamik qarshilikni kamaytirish uchun normal atmosfera bosimining mingdan biriga teng bosim ushlab turiladigan quvurlar bo‘yicha harakatlanadi.
Kapsulalarning Hyperloop tizimi quvurlarida harakatlanishining nazariy tezligi 1,2 ming km/soatni tashkil qiladi. Dunyoning turli qismlarida Hyperloop’ning bir necha “shoxchalari” mavjud va aynan Hyperloop One’da kapsulalarni soatiga 740 km tezlik bilan harakatlantirish rejalashtirilmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan sinovlarda kapsula 308,9 km/soat tezlikka erishgan. Mana, bu qanday ko‘rinish olgan:
Sinovlar Las-Vegas yaqinidagi DevLoop sinov uchastkasida o‘tkazilgan. Kapsula quvur bo‘ylab 300 metr yurgach, uning tormoz tizimi ishga tushirilgan. Bunda DevLoop quvuridagi bosim dengiz sathidan 60,9 ming metrga yetgan. Quyida sinovning barcha bosqichlarini batafsil namoyish qiluvchi video berilgan:
Sinovning keyingi bosqichlarida 250 mil/soat (402,3 km/soat) tezlikka erishish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
23:49 / 06.12.2025
Mask YeIni tugatishga chaqirdi
13:01 / 06.12.2025
YeI Maskning X ijtimoiy tarmog‘iga 120 mln yevro jarima soldi
22:45 / 23.11.2025
AQSh hukumati samaradorlik departamenti (DOGE) endi yo‘q – OAV
22:02 / 16.11.2025