2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişi ötkazildi. Unda madaniyat, san'at, adabiyot va OAVdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş çoralari hamda kelgusidagi vazifalar körib çiqildi. Yiğilişda barça viloyat, şahar va tuman hokimlari, ularning örinbosarlari hamda qator idora, taşkilotlarning rahbarlari iştirok etdi.

Videoselektor yiğilişida iştirok etgan Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, Prezident öz sözining boşida madaniyat va sport tizimidagi muammolarni oçiq-oydin aytiş payti kelganligini ta'kidlagan. Şavkat Mirziyoyev ma'ruzasida Toşkentda Islom madaniyat markazining taşkil etilişi haqida gapirib, Imom al-Buxoriyning hadislar ilmiga bergan hissasi haqida töxtalib, hadisşunoslik maktabini taşkil qiliş haqida gapirgan.

Prezident Islom madaniyat markazini quriş uçun arab mamlakatlari va boşqa davlatlardan kişilar taklif bilan çiqişgani, lekin bu markaz aynan Özbekistonning kuçi bilan qurilişini ta'kidlab ötdi.