Ötgan oyda AQŞ aholisining jadal iş bilan ta'minlanişi saqlanib qolgan bir paytda, işçilarning örtaça maoşi ham ortgan. Bu FedRes Bankning kelgusi oy e'lon qilinişi kutilayotgan yangi obligatsiyalarning portfoliosini muvafaqqiyatli taqdim etişda qöl kelişi mumkin.
Reuters'ning iqtisodçilar örtasida ötkazgan sörovnomasi natijalariga köra, juma kuni Mehnat vazirligi tomonidan körib çiqilişi kutilayotgan iş bilan band böliş töğrisidagi hisoboti quyidagiça köriniş kasb etadi: iyun oyida qişloq xöjaligiga aloqador bölmagan tarmoqlarda 183,000 kişi iş bilan ta'minlagan bölib, ötgan oy bu körsatkiç 222,000 ga yetgan bölişi mumkin.
Umumiy işçilarning bir soatlik iş haqi iyun oyida 0.2 foizga ortgan bölsa, keyingi muddatda bu 0.3 foizlik körsatkiçga yetgan. Iş haqining sekin ortib borişi va unga mos keladigan benuqson inflyatsiya sur'atlariga qaramay, AQŞ Markaziy banki foiz körsatkiçlarini oşirişni yilning sönggigaça körib çiqmaslikka qaror qilmoqda.
"Baribir köplab malakali xodimlar töliq bandlik bilan işlay olmayapti, mehnat bozoridagi talab va taklif röyo bölib qolişi mumkin", - deydi Nyu-Yorkdagi Standart Chartered Bank iqtisodçisi Mayk Moran.
Iyul oyi uçun mamlakatda 180,000 iş örni yaratilişi prognoz qilingan edi, lekin AQŞ iqtisodiyotini mö'tadil rivojlaniş holatida saqlab qoliş uçun har oy 75,000 yoki 100,000tadan yangi iş örnini yaratiş talab qilinadi.












