Amerikaning Google kompaniyasi Evan Şpigelning Snap kompaniyasini xarid qiliş uçun 2016 yilda 30 mlrd dollar taklif etgan. Bu haqda Business Insider naşri vaziyatdan xabardor va Snap ijtimoiy tarmoğiga yaqin 3 manbaga asoslangan holda yozmoqda.

Boşqa kompaniya bilan 30 mlrd dollarlik bitimni imzolaş imkoniyati ilk bor, BI yozişiça, 2016 yili may oyida F bosqiçidan söng paydo bölgan. F bosqiçida 17,5 mlrd dollarga baholangan Snap 1,8 mlrd dollarni jalb qilişga erişgan edi. 2016 yil noyabrida Google kompaniyasiga tegişli CapitalG (avvalgi Google Capital) fondi Snap sarmoyadori ekanini tan olgan, ammo kiritilgan mablağga oydinlik kiritmagandi. 

BI suhbatdoşlaridan birining hikoya qilişiça, tomonlar 2017 yil martda Snap kompaniyasining birlamçi aksiya çiqarişida uni xarid qiliş böyiça dastlabki muzokaralar bölib ötdi. Öşanda Snap qiymati 33 mlrd dollarni taşkil etgan.

Naşrga köra, Google firmasining 30 mlrd dollarlik taklifi hamon öz kuçida. Ammo, 3 avgust holatiga binoan, Snap bozor kapitallaşuvi 15 mlrd dollardan biroz köproqdir. Kompaniya aksiyalarining bir donasi 13 dollardan sotilmoqda. Ularning narxi BI maqolasidan keyin 3 foizga qimmatlaşgan. 

Naşrning yozişiça, bu muzokaralar qançalik rasmiy bölganini bilmaydi. Ammo, manbalar Google va Snap uzoq vaqt davomida muzokaralar bölganini tasdiqlaşadi. 

Şu bilan birga, kompaniyani sotiş böyiça qaror çiqaradigan va qabul qiladigan odam buning asosçilaridan biri va boş direktori Evan Şpigeldir. U esa Snap mustaqilligi tarafdori va sotişni xohlamayapti.

Snap rasmiy vakili miş-mişlarni izohlamasligini aytgan bölsa, Google ham bu xabarlarga izoh berişdan boş tortdi. 

Snap hozirda özi öçadigan xabarlar, surat va videolar yuboruvçi Snapchat messenjerini rivojlantirmoqda. 2011 yilda asos solingan kompaniyani 2013 yilda 3 mlrd dollar evaziga Facebook xarid qilişga urinib kördi. Ammo, Şpigel taklifni rad etdi.