Samarqand şahri hokimligi matbuot xizmati joriy yilning 29 iyul kuni Kun.uz saytida e'lon qilingan
«Gap boşqa, iş boşqa: öqituvçi va şifokorlar majburiy mehnatga jalb qilinmoqda» maqolasiga munosabat bildirdi.
Samarqand şahri obodligiga barçamiz mas'ulmiz
Qadimiy va hamişa navqiron şahrimiz Samarqand keyingi yillarda yanada çiroy oçib, sayqal topib borayotganligiga barçamiz guvoh bölmoqdamiz. Quvonarlisi, şahrimizdagi quriliş-bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari nafaqat yurtdoşlarimiz, balki sayyoh sifatida Samarqandga taşrif buyurayotgan xorijlik mehmonlar tomonidan yuksak darajada e'tirof etilmoqda. Şaharda dovruğli xalqaro anjumanlar ötmoqda, ğarb va şarq arxitekturasi uyğunlaşgan mazkur qadimiy kentga taşrif buyurişni, uni yana bir bor kelib, tomoşa qilişni dilida tuggan insonlar soni ortib borayotganini ta'kidlaş joiz.
Şahar köçalarining kengaytirilayotgani, Prezidentimiz taşabbuslari bilan zamonaviy tramvay yöllari ötkazilayotgani — bugun har bir samarqandlikning köz öngida şahar mutlaqo yangiça qiyofa kasb etib borayotganiga guvoh bölib turibmiz.
Savol tuğiladi: bu gözal maskan qanday sayqal topmoqda? Qanday qilib gözallaşib borayotir? Uni kimlar obod qilayapti?
Albatta, barçasiga birinçi navbatda samarqandliklarning öz şahriga nisbatan muhabbati bilan erişilayapti, deb javob berişimiz mumkin. Çunki barçamizning faxrimiz bölmiş şu aziz maskan bizning ona şahrimizdir. Uning obodligini, gözalligini ta'minlaş samarqandlikman, degan har bir fuqaro yoşu-qari, ayolu-erkak, rahbaru oddiy işçi-xodim uçun ham farz, ham qarz. Şuni mamnuniyat bilan aytiş mumkinki, bugun ona şahrini sevuvçi, uni köz qoraçiğidek asrovçi hamşaharlarimiz juda köp.
Hozir Samarqandning birgina Rödakiy köçasida emas, qayerigaki bormang keng kölamda quriliş, bunyodkorlik işlari amalga oşirilayotganiga guvoh bölasiz.
Maqola muallifi Töra Murod jurnalistik etikaga rioya qilib, uşbu masala yuzasidan şahar hokimligiga murojaat qilganida yoki bunyodkorlik işlari olib borilayotgan köçaga borganida ham bunga özi guvoh bölar edi. Muallif öz maqolasida tilga olib ötgan Rödakiy köçasidagi obodonçilik, bunyodkorlik işlarini haşar yöli bilan amalga oşirişda ham fidoyi samarqandliklar taşabbus bilan çiqişganini ta'kidlaş joiz. Çunki samarqandlikman degan har bir kişi öz ona şahrida amalga oşirilayotgan ezgu işlarga çetdan qarab tura olmaydi. Bu bugun yo keça paydo bölib qolgan holat emas, bu azaldan — ajdodlardan avlodlarga meros bölib ötib kelgan, şakllangan qadriyat.













