Toşkent şahridagi avval Taşqi savdo vazirligiga tegişli bölgan tarixiy bino Madaniyat vazirligiga ajratiladi. Bu haqda bugun mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uçraşgan Şavkat Mirziyoyev aytib ötgan. Prezidentning Facebook’dagi sahifasida axborot berilişiça, u uçraşuv davomida Madaniyat vazirligi borasida fikr bildirib ötgan.

Şavkat Mirziyoyev butun dunyoda Madaniyat vazirligi mamlakatning yuzi hisoblanib, eng gözal, salobatli binolarda faoliyat olib borişini, Özbekistonda esa noqulay şaroitda, asosan rasmiy idoralar joylaşgan binoda iş olib borayotganini qayd etib ötgan.

«Bu öz-özidan madaniy jamoatçilik, ijod ahlining vazirlikka erkin kirib-çiqişiga, turli ijodiy tadbirlar ötkazişiga tösqinlik qilmoqda», — deyilgan xabarda.

Şuning uçun poytaxtdagi ilgari Taşqi savdo vazirligi joylaşgan körkam, tarixiy binoni Madaniyat vazirligiga ajratişga qaror qilingan.