Amerikaning Consumer Reports Chevrolet kompaniyasining 2016 yilda taqdim etilgan Bolt xetçbek elektrokarining sinov natijalarini e'lon qildi. Ma'lum bölişiça, Bolt bir marta quvvatlangaç eng uzoq masofani ortda qoldira oladigan maşina ekani aniqlangan. Naşrning yozişiça, elektromobil öz körsatkiçlari böyiça ikkita «Tesla» modelini ortda qoldirgan.
AQŞ atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi (EPA)ga binoan, modelning eng köp harakatlanişi 238 mil (383 kilometr)ni taşkil etadi. Biroq, CR mutaxassislari qöşimça quvvatlaşsiz 250 mil (402 kilometr) masofani ortda qoldirişgan.

Bunda 75D modifikatsiyasidagi Tesla Model S testida u 235 mil (378 kilometr)ni ortda qoldirgan. EPA böyiça maşina 259 mil (416 kilometr)ni bosib ötişi qayd etilgan. Bolt, şuningdek, körsatkiçlari Model S’dan past bölgan Model X 90D elektromobilini ham ortda qoldirgan.
Consumer Reports naşriga köra, Tesla Model S yoki Model X 100D namunasida Chevrolet Bolt modelini ortda qoldirişi mumkin. Biroq bu avtomobillar 100 ming dollardan qimmat turadi, Bolt modelini 37,5 ming dollarga xarid qiliş mumkin.

Chevrolet Bolt 200 ot kuçiga ega elektromotor va 60 kVt*soatlik litiyli batareya bilan jihozlanadi. Maşina taxminan 7 soniyada «yuz»ga çiqadi. U 320 kmgaça yurişi aytiladi. «Bolt» AQŞda 2016 yilning eng yaxşi avtomobili deb tan olingan edi.












